Xorazmda talaba kollej binosidan turmushga chiqarildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Feysbuk»ning «Xorazm va xorazmliklar» guruhida talaba qizning turmushga chiqarilishi bilan bog‘liq video tarqaldi.
Videolavhaga shunday izoh berilgan (mazmun saqlangan holda tahrirlandi): «Urganch Tibbiyot kolleji direktori Muborak opa Ahmedova savobli bir tashabbus ko‘rsatdi. Kollejda tahsil oluvchi chin yetim talaba qizni o‘z qiziday qilib uzatdilar, shahar hokimligi boshchiligida, kollej ma'muriyati va mahalla faollari ishtirokida xalqqa osh berildi. Bunday savob ishlarni qilish har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Eng qizig‘i, qizni kollej binosidan yor-yor sadolari ostida, boshqa qizlar kuzatuvida uzatdilar. Kuyovnavkarlar ham kollejga kelishdi. Muborak opani hamisha Alloh qo‘llasin. Xayrli ishlarga qo‘l uribsiz, savobidan bahramand bo‘lib yuring».
Mavzuga oid
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
16:26 / 16.10.2024
Xorazmda yana reyderlik. Sholikorlar hosilini tortib olish ommaviy tus olganmi?
18:40 / 18.09.2024