Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Ukraina bosh prokurorini ishdan olishga va «eski jamoa»ni almashtirishga va'da berdi
Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda g‘olib bo‘lgan shoumen Vladimir Zelenskiy saylovning ilk natijalari e'lon qilingach, o‘z shtabida g‘alabani nishonladi va ukrain xalqiga murojaat qildi.
U o‘z murojaatida ijro hokimiyatidagi amaldorlarni ishdan olishni va'da qilgan. Xususan, u birinchi navbatda «eksi jamoa» vakili sifatida Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko lavozimini tark etishini bildirgan. U shuningdek, sohadagi boshqa yuqori lavozimli amaldorlar ham almashtirilishi zarurligi haqida gapirgan.
Rossiya bilan munosabatlar haqidagi savolga javoban Zelenskiy o‘z prezidentligining ilk haftasida birinchi navbatda uning jamoasi qilishi kerak bo‘lgan ish Kerch bo‘g‘ozidagi hodisadan keyin Rossiya tomonidan asir olingan dengizchilar qaytarish ekani haqida aytib o‘tgan. U shuningdek, o‘z prezidentligi davrida Ukraina Minsk kelishuvlari doirasida ish olib borishi va Rossiya bilan «normand to‘rtligi» bo‘yicha hamkorlik qilishini bildirgan.
21 aprel kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarning ikkinchi turida Zelenskiy amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirdi. Saylovchilarning 62,83 foizi qatnashgan (birinchi turda davomat 63 foizni tashkil etgandi) saylovda MSK 90 foizdan ortiq ovozlarni qayta ishlaganidan keyin Zelenskiy 73,19 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.
Qayd etish kerakki, Zelenskiy saylovoldi kampaniyasi davrida ham bir necha marta Ukrainadagi sud-huquq tizimi islohotlarga muhtoj ekani haqida gapirgan va prezident bo‘lib saylansa, bu tizimlarda kadrlarni almashtirishga va'da bergandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025