Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
May oyi oxirida Toshkent-Bishkek-Baliqchi yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Toshkentda Qirg‘izistonning Road Show II tashqi turistik ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan press-konferensiyada Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va turizm vazirligi huzuridagi departament rahbari Maksat Damir o‘g‘li so‘zga chiqib, mamlakat turistik salohiyati haqida qator ma'lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«2018 yilda Qirg‘izistonga umumiy 7 mln. turist tashrif buyurdi. Ulardan 3 mln. 285 ming nafari O‘zbekiston fuqarolarini tashkil etdi va ular asosan Issiqko‘lda hordiq chiqarishdi. Joriy yilda turistik oqim hajmini oshirish maqsadida transport logistikasiga katta e'tibor berildi. Bunda ahamiyatli qadamlardan biri Toshkent-Bishkek-Baliqchi poyezd yo‘nalishi tashkil qilingani bo‘ldi.May oyi oxirida ishga tushadigan temiryo‘l qatnovi ikkala mamlakat uchun birday manfaat keltiradi» , — deydi u.
Vazir o‘rinbosari Qirg‘izistonning turistik salohiyati haqida gapirdi. Uning aytishicha, Qirg‘izistonning 95 foizi hududi tog‘lardan va 70 foizi tog‘ cho‘qqilaridan iborat. Bu qish mavsumida ham turistlarni jalb qilish qilish uchun qulay imkoniyatdir. Shuningdek, mamlakat sohilbo‘yi turizmidan ko‘proq foyda ko‘radi hamda bu ko‘rsatkich har yili 2-3 million nafar turistni tashkil qilmoqda.
«Qirg‘izistonda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish uchun 2018-2023 yilga mo‘ljallangan 5 yillik dastur ishlab chiqilgan. Unda ziyorat turizmini rivojlantirish vazifasi ham qo‘yilgan. Respublikada 450 dan ortiq tarixiy obektlar bo‘lib, mazkur ziyoratgohlarga turistlarni jalb qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqqan marketing strategiyamizda respublika turistik salohiyatini keng namoyish qilish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, O‘zbekistonda tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma ishlarimizning amaliy ko‘rinishi bo‘lib xizmat qiladi», — deya qo‘shimcha qildi Maksat Damir o‘g‘li.
Ma'lumot uchun, Roadshow turizm ko‘rgazmasi Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va turizm vazirligi huzuridagi Turizm departamenti, «Osiyo ekspeditsiyalari» sayyohlik kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. Unda 60 ta turistik kompaniya ishtirok etdi.
Mavzuga oid
19:51 / 10.01.2020
Turizm sohasida mavsumiylik omilini qanday kamaytirish mumkin? – Turizm qo‘mitasi vakili izoh berdi
21:52 / 13.08.2019
Aziz Abduhakimov: “Nega andijonlik talaba yozda Toshkentga kelib ishlashi yoki sayohat qilishi mumkin emas?”
19:54 / 13.11.2018
Toshkentda «Halol turizm» bo‘yicha trening tashkil etildi
11:08 / 08.04.2017