O‘zbekiston mineral suv importiga bojni oshirmoqchi

Foto: Getty Images
Davlat bojxona qo‘mitasi mineral suv importiga bojxona bojlarini oshirishni taklif qilmoqda. Bu haqda qo‘mita tomonidan e'lon qilingan Prezident qarori loyihasida aytiladi.
Gap TN TIF 2201 kodli tovar mahsuloti haqida ketmoqda:
Tabiiy yoki sun'iy mineralli, gazlangan, shakar qo‘shilmaydigan yoki boshqa ta'm beruvchi yoxud aromatik moddalarga ega suvlar; muz.
Hozir ushbu tovarlarni olib kirish bo‘yicha boj 30 foizni tashkil etadi. Loyihada bojni 50%gacha oshirish va bir litr uchun 0,25 dollarlik minimal cheklov o‘rnatish taklif etilmoqda.
Qo‘mitaning fikriga ko‘ra, stavkaning oshishi sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni yuqori sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlash, mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yordam beradi.
Mavzuga oid

15:52 / 11.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi

09:00 / 11.04.2025
Go‘zallik va salomatlik manbai!

22:40 / 08.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv

08:43 / 03.04.2025