Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyada futbol hakami hamkasbining “hojatini chiqardi”
Portugaliya chempionatining 31-turida “Deshportivu Shavesh” va “Nasonal” klublari o‘rtasidagi o‘yinda antiqa holat yuz berdi, deb xabar berdi Eurosport telekanali.
Gap shundaki, uchrashuvning 56-daqiqasida bosh hakam Luish Godinyu darvozabon to‘pni o‘yinga kiritishi oldidan hech qanday bir sababsiz o‘yinni to‘xtatdi. Shu payt yon hakamlardan biri Jorjye Krus hamkasbi yoniga kelib, unga bayroqchani topshirib, o‘zi tribuna osti tomon shoshgancha yo‘l olgan va u yerda g‘oyib bo‘lgan. Aniqlanishicha, yon hakamning maydonni shoshgancha tark etishiga hojatxonaga borish ehtiyoji sabab bo‘lgan.
Bosh hakam jamoalar bosh murabbiylariga ushbu holatni kulgancha tushuntirgan. Jamoalar murabbiylari ham rejalashtirilmagan tanaffusdan chaqqonlik bilan foydalanib, o‘z shogirdlari o‘yiniga o‘zgartirishlar kiritishga tushib ketishgan.
Yon hakam qaytganda bosh hakam unga kulgancha qizil kartochka ko‘rsatgan. Hakam joyiga turib, peshonasidan terisini artib qo‘ygan va o‘yin davom ettirilgan.
Yon hakam tabiiy ehtiyoj bilan maydonni tark etishidan avval 2:1 hisobida oldinda borayotgan “Deshportivu” yana 2 ta gol urib, yakuniy hisobni 4:1 ko‘rinishiga yetkazib qo‘ygan.
— Drafs 2.0 (@drafs_2) 29 aprelya 2019 g.