Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Telegram kanali ish boshladi
Xabaringiz bor, Prezidentimizning joriy yil, 27 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zbekenergo" AJ bazasida uchta alohida-alohida aksiyadorlik jamiyatlari tuzilishi belgilangan edi. Iste'molchilarimizga noqulaylik tug‘dirmasligi uchun, “Oʻzbekenergo” AJ bilan muloqot” telegram kanali yangi tashkil etilgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” nomiga o‘zgartirildi.
Xalq bilan bevosita muloqot qilish, jumladan, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni izchil o‘rganib, shu asosda tizimli ravishda chora-tadbirlar ko‘rib borish maqsadida “telegram” messenjerida ishga tushirilgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali aholi o‘z murojaatlarini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga yo‘llashlari mumkin.
Kanalga a'zo bo‘lish: 👉 t.me/hetmuloqot
Yo‘llangan murojaatlar shaxsan jamiyat boshqaruvi raisi nazoratida o‘rganib chiqilib, batafsil javob qaytariladi va tez fursatlarda o‘z yechimini topadi.
Shuningdek, ushbu telegram kanali orqali elektr energiyasi iste'moli bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qarorlar, sohaga oid yangiliklardan ham xabardor qilib boriladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Matbuot xizmati
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025