Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Siti» va «Liverpul» o‘rtasida «oltin o‘yin» bo‘ladimi?
Angliya Premer Ligasining navbatdagi mavsumi tugashiga 2 tur qolganda «Manchester Siti» «Liverpul»ni 1 ochkoga ortda qoldirgan holda, peshqadamlik qilmoqda. So‘nggi turlar oldidan shunday variant ham bor ekanki, bu ikki jamoa o‘rtasida qo‘shimcha «oltin uchrashuv» o‘tkazilishi ham mumkin.
Gap shundaki, Angliyada ochkolar teng bo‘lib qolganda, avvalo to‘plar nisbati, undan keyin urilgan gollar soniga qaraladi. O‘zaro o‘yinlardagi (bu borada «Siti» ustun» - 0:0, 1:0) ustunlikka esa, umuman e'tibor qaratilmaydi. Demak, agar qolgan ikki o‘yinda «Manchester Siti» va «Liverpul» mos ravishda 2 va 3 yoki 3 va 4 ochko oladigan bo‘lishsa, turnir jadvalida tenglik yuzaga keladi. Ehtimoli juda kam bo‘lsa-da, hatto to‘plar nisbati ham bir xil bo‘lib qolishi mumkin. U holda, yuqorida aytilganidek, qo‘shimcha o‘yinga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
«Agar biz «shaharliklar» bilan teng ochko to‘plasak va to‘plar nisbatimiz ham bir holatda bo‘lsa, «Oltin o‘yin» bo‘lar ekan. Buning ehtimoli kam, lekin mabodo shunday vaziyat yuzaga kelsa, ajoyib ish bo‘lardi», dedi bu borada «Liverpul» ustozi Yurgen Klopp.
Albatta, hozirda ochkolar bo‘yicha orqada bo‘lgan jamoa murabbiyi uchun bu qo‘shimcha imkoniyatga aylanadi, tabiiyki, qolgan ikki turdagi g‘alaba chempionlik uchun yetarli bo‘lgan Pep Gvardiola buni aslo xohlamasa kerak. So‘nggi 2 turda manchesterliklar o‘rtamiyona «Lester» hamda ligada qolish uchun kurashayotgan «Brayton»ga qashi o‘yinlar o‘tkazadi, mersisaydliklarga esa «Nyukasl» va «Vulverhempton» raqiblik qiladi.
Umuman olganda, APL tarixida bunday uchrashuv hali bo‘lmagan.
Chempionlik poygasida bundan tashqari ham, o‘ziga yarasha intrigalar mavjud. Misol uchun - Brendon Rojyers. APL tarixida «Liverpul» bir marta chempionlik uchun yaqin kelgan va faqat «Chelsi», «Kristal Pelas»ga qarshi so‘nggi turlardagi omadsiz o‘yinlar jamoani bu baxtdan mosuvo qilgandi. O‘sha 2013/14 yilgi futbol mavsumida «Liverpul»ning ustozi Brendon Rojyers bo‘lgan.
Xuddi shu Brendon Rojyers endi yana bir bor «Liverpul»ni chempion qilishga yaqin va o‘ylaymizki, bu holatda ham murabbiyi Liverpul qahramoniga aylanishi turgan gap. Hozirda «Lester»ni boshqarayotgan Rojyers shogirdlari bilan dushanba oqshomida «Etihad» mehmoni bo‘ladi. Bu uchrashuvda agar «Lester» mezbonlardan ochko tortib oladigan bo‘lsa, «Liverpul» yana turnir jadvalida peshqadamga aylanib olishi mumkin.
Mersisaydlik muxlislari «tulkilar»dan ko‘proq umid qilishayotgani tabiiy, sababi aynan «Lester» ushbu mavsumda «Manchester Siti» ustidan g‘alaba qozongan uch jamoadan biridir. Shuningdek, Angliya Liga kubogi bahsida ham «Lester» nomdor raqibiga munosib qarshilik ko‘rsata olgan va faqat penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan. So‘nggi turlarda ancha barqaror o‘ynay boshlagan va hatto «Arsenal» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozongan «Lester» o‘z so‘zini yana aytishi mumkin.
Darvoqe, yana bir qiziq jihat, ushbu poygaga boshqa bir sobiq liverpulchi ham o‘z hissasini qo‘shishi mumkin. Gap «qizillar»ning sobiq murabbiyi Rafa Benites haqida bormoqda. Ispaniyalik mutaxassis bugun shogirdlarini «Liverpul»ga qarshi maydonga tushiradi. Agar bu o‘yinda «Liverpul» ochko yo‘qotadigan bo‘lsa, «Manchester Siti»ning vazifasini yaxshigina osonlashtirib yuboradi.
Mavzuga oid
16:32 / 22.02.2025
«Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi, «Chelsi» va «Bavariya»da ham jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi
13:39 / 16.02.2025
Pepdan maqtov, Holandni ortda qoldirdi va g‘alabali seriya – Husanov «Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday o‘tkazdi?
11:47 / 16.02.2025
«Siti»da yirik g‘alaba, «Real» o‘yinida mojaro. Kun o‘yinlari
20:44 / 08.02.2025