Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Uzbekistan. An experience of cultural treasures to colour»: madaniyat durdonalarini o‘z qo‘llaringiz bilan yaratishingiz mumkin
Karimov fondi tomonidan Uzbekistan. An experience of cultural treasures to colour («O‘zbekiston. Madaniyat durdonalarini bo‘yash orqali o‘rganish» ) kitobi nashr etildi. O‘zbekistonning madaniy va amaliy san'at namunalarini bo‘yash orqali o‘rganish imkonini beruvchi kitob Nouveau Monde Editions (Fransiya) hamda Pen and Sword Books (Britaniya) nashriyot uylari bilan hamkorlikda chop etildi.

Ingliz va fransuz tillarida tayyorlangan kitob interaktiv tarzda milliy san'atdagi naqshinkor bezaklarni bo‘yash orqali ma'lumot olish imkonini beradi. Kitobning har qo‘sh sahifasi chap tarafida madaniy obektning surati va u haqida qisqacha ma'lumot, o‘ng tomonida esa o‘quvchi bo‘yashi mumkin bo‘lgan naqsh chizmasi berilgan.

«To‘rt yil ilgari chet elliklar uchun O‘zbekistonning boy madaniyati, ko‘hna yodgorliklari, amaliy va tasviriy san'ati haqida hikoya qiluvchi interaktiv kitob yaratish istagi tug‘ildi. Bu turli davlatlarda yashovchi yosh-u qari, turli kasb-kor vakillarida bir xil qiziqish uyg‘ota oladigan kitob bo‘ldi, deb hisoblayman. Mazmun-mohiyati va noshirlik san'ati jihatidan o‘xshashi yo‘q bu kitob tarixchi, rassom, dizayner, rassom, tarjimon va muharrir kabi ko‘p sonli ijodkorlarning to‘rt yillik mehnati mahsuli sanaladi» , – deydi Karimov fondi rahbari Lola Karimova -Tillayeva kitob taqdimoti munosabati bilan yo‘llagan maktubida.

Mazkur nashrni AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Shveytsariya kabi davlatlar, shuningdek, Yaqin Sharq va Osiyo mintaqasidagi bir qator mamlakatlar kitob do‘konlaridan xarid qilish mumkin. Shu bilan birga, kitob Amazon va boshqa internet-do‘konlarida ham sotuvga chiqqan.


Ma'lumot uchun, Karimov fondi O‘zbekistonning tarixiy-madaniy, adabiy merosini asrash, avlodlarga yetkazish maqsadida tadbirlar tashkil etadi. Milliy adabiyot namoyandalari asarlarini tarjima va chop etish, yosh ijodkorlarga amaliy ko‘mak berish ham fondning vazifalari sirasiga kiradi. So‘nggi uch yil mobaynida fond tomonidan 11ta noshirlik loyihasi amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi
12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi
10:29 / 06.02.2025