Sport | 10:42 / 08.05.2019
7888
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda yana KXDR bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy jamoasi iyun oyidagi FIFA kunlarida KXDR milliy jamoasiga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

«Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi terma jamoasi bilan kelishuvga erishildi. Joriy yilning 7 iyun kuni Shimoliy Koreya terma jamoasi poytaxtimizda mehmon bo‘ladi», – deya ma'lum qilindi O‘FA rasmiy saytida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ikki jamoa 2018 yil oktabr oyida ham Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan va unda mezbonlar Marat Bikmayevning har ikki bo‘limda kiritgan bittadan goli evaziga g‘alaba qozongandi (2:0). Bu – O‘zbekiston milliy jamoasining argentinalik bosh murabbiy Ektor Kuper qo‘l ostidagi ilk g‘alabasi bo‘lgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi shu yilning sentabr oyidan boshlab 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid