Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ovoz kuchaytirgich ichiga yashirilgan telefonlar fosh etildi
Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar navbatdagi qonunbuzarlik holatlarini aniqlashdi.
“Seul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelib, “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro D.D.ning bagaji nazorat tartibida maxsus skanerlar yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, “ustomonlik” bilan o‘ylangan qonunbuzarlik fosh etildi. Ya'ni, fuqaro D.D bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, deklaratsiyalanmagan 8 dona har xil rusumdagi uyali aloqa vositalarini ovoz kuchaytirgich ichiga yashirilgan holda olib kirmoqchi bo‘lgan ekan. Ammo uning bu nayrangi ish bermadi.
Shuningdek, ayni shu aviareys bilan uchib kelgan fuqaro R.D xam bojxona nazoratidan o‘tkazilganda yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan 5 dona uyali telefonlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda esa, “Pekin-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro B.A. ham sal kam 13 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan tibbiyot uskunalarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishi besamar yakunlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
16:22 / 24.05.2025
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025