Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seuldagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talabaning jasadi Toshkentga jo‘natildi
O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 9 may kuni Seul shahridagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Farrux Mo‘minovning (1996 yilda tug‘ilgan) jasadi Toshkentga jo‘natildi.
Yong‘in chog‘ida ikkinchi darajali kuyish olgan talaba Mutal Yo‘ldoshev (1997 yilda tug‘ilgan) «Xanil» kasalxonasiga joylashtirilgan, unga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
TIV xabarida aytilishicha, 11 may kuni jabrlanuvchining otasi va akasi Seul shahriga yetib kelgan hamda M.Yo‘ldoshev ta'lim olgan «Xankuk» universiteti ko‘magida ularga yashash joyi borasida va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatilgan.
Hozirgi paytda Janubiy Koreya tomoni yong‘inning barcha sabablarini aniqlash uchun tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025