Jamiyat | 20:52 / 14.05.2019
5351
2 daqiqa o‘qiladi

Kannda O‘zbekiston milliy paviloni ochildi

14 may kuni 72- xalqaro Kann festivali doirasidagi Marché du Film kinobozorida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston milliy paviloni mana ikki yildirki, mamlakatimiz kinoindustriya salohiyatini Kannda rasman namoyish qilmoqda.

Ushbu ko‘rgazma va muzokaralar maydonchasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil qilindi.

Kinosanoat mutaxassislari va ijodkorlardan tarkib topgan O‘zbekiston delegatsiyasining vazifasi – mamlakatimizning kinolokatsiyalari hamda xorijiy kinoloyihalarni amalga oshirish (koprodakshn) salohiyatini taqdim etishdir. Milliy pavilon faoliyati davomida xorijlik prodyuserlar va xalqaro kinokompaniyalarni O‘zbekistonda suratga olish uchun jalb qilish, shuningdek, 2019 yil 26-30 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan PROlogue xalqaro kinofestivaliga dunyoning turli nuqtalaridan qatnashchi va hay'at a'zolarini taklif qilish bo‘yicha uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.

Marché du Film kinobozori bosh tashkilotchisi Arno Menindes O‘zbekiston milliy paviloni ochilishida shaxsan ishtirok etdi.

“Yildan yilga kinobozorimiz geografiyasi kengaymoqda va unda O‘zbekiston mana ikkinchi yil qatnashayotganidan biz nihoyatda xursandmiz. Ishonamizki, O‘zbekistonning go‘zal go‘shalari suratga olish uchun jozibali lokatsiya sifatida jahon kinoijodkorlarida qiziqish uyg‘ota oladi».

Mavzuga oid