Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk savdoga qo‘yildi
O‘zbekistonda Rubicon Wireless Communication MChJ ko‘chmas mulki sotuvga qo‘yildi, deb xabar berdi O‘zA.
Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrida joylashgan Rubicon Wireless Communication MChJ Perfectum brendi ostida mamlakatda uyali aloqaga xizmat ko‘rsatadigan yirik tadbirkorlik sub'yektlaridan edi. U Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarovga tegishli.
Ma'lumot berilishicha, ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkaziladi. Mazkur mulkning boshlang‘ich narxi 205,5 mlrd so‘mdan ortiqroq etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan mulk – yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – «EDEL VEYS-ALI» mas'uliyati cheklangan jamiyati auksionga qo‘yilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi
19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
16:29 / 04.02.2025