Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi Toshkentda bolalar uchun o‘tkaziladigan bayram tomoshalariga taklif etmoqda
1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi istirohat bog‘larida “Farzandlarimizga baxtli bolalikni ulashaylik” aksiyasi doirasida ko‘ngilochar tadbirlar va bayram tomoshalari namoyish etiladi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1 iyun kuni soat 10.00 da Mudofaa vazirligi tomonidan quyidagi istirohat bog‘larida bayram tadbirlari namoyish etiladi:
1. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mirzo Ulug‘bek” istirohat bog‘i;
2. Shayxontohur tumanidagi “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘i;
3. Chilonzor tumanidagi “G‘ofur G‘ulom” istirohat bog‘i.
Bayram tadbirlari davomida bolajonlar va taniqli sport ustalari o‘rtasida turli bellashuv va musobaqalar o‘tkaziladi, musiqa, rassomchilik bo‘yicha iste'dodlilar aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshiriladi, va albatta, kursantlarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etiladi.
Shuningdek, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi harbiy orkestrlari o‘zlarining tantanavor chiqishlari bilan yig‘ilganlarga a'lo kayfiyat ulashishi rejalashtirilgan.
Yana bir muhim sovg‘a — “Turon” harbiy-teatr studiyasi bolajonlarga mo‘ljallangan sahna ko‘rinishlari bilan kunning unutilmas tarzda o‘tishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
19:54 / 23.05.2025