Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada barcha bolalar uylari yopiladi
Ukrainada 2020 yildan bolalar uylariga bolalarni qabul qilish to‘xtatiladi. Bu haqda Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Ulyana Suprun xabar qildi.
Suprunning aytishicha, Ukrainada ijtimoiy ta'minlanmagan oilalar farzandlari o‘z ota-onalari bilan to‘laqonli voyaga yetishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Boshqa vaziyatlarda balog‘atga yetmagan bolalar asrab oluvchi oilalarga taqsimlanadi.
“Eng yaxshi internat ham oila o‘rnini bosolmaydi. Ukrainada bunday muassasalarda yashovchi bolalarning 8 foizigina yetim-yesir bolalardir. Qolganlarining esa qiyin ahvolda qolib, farzandini tarbiyalay olmayotgan otasi yoki onasi, yoki ikkala ota-onasi ham bor”, deb yozgan Suprun Facebook’da.
Shu tariqa, 2020 yildan Ukrainada bolalar uylari tibbiy reabilitatsiya va palliativ yordam markazlariga aylantiriladi.
Suprunning ta'kidlashicha, o‘zgarishlar natijasida bolalar boshpanasiz qolmaydilar. Bolalar uylarining barcha tarbiyalanuvchilarini patronat va asrab oluvchi oilalarga berish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025