O‘zbekiston | 18:52 / 11.06.2019
10130
1 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

Adliya vazirligining Yuridik ta'lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga boshliq tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, adliya vazirining buyrug‘i bilan Rahmatov Anvar Islomovich Yuridik ta'lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A.Rahmatov shu kunga qadar Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid