Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga olib kiriladigan avtomobillar bo‘yicha boj qayta ko‘rib chiqilishi mumkin
Bugun, 26 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat bojxona qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida «Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, tadbirda qiymati baland avtomobillar uchun bojxona to‘lovi kamaytirilgandan so‘ng olib kirilgan avtomobillar va elektromobillar soni haqida ham axborot berildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 6 oy davomida 600dan ortiq avtomobil, 20ta elektromobil yuqoridagi imtiyozdan foydalangan holda O‘zbekiston hududiga olib kirilgan.
Shuningdek, xorijdan keluvchi avtotransport vositalari uchun bojlar qiymati ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Ayni paytda Oliy majlisga kiritilgan utilizatsiya yig‘imi bo‘yicha qonun loyihasi doirasida bu masalani ham muhokama qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025