Mayk Tayson eng “zolim” sportchi deb tan olinmagani uchun ranjidi
Boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazndagi sobiq jahon chempion Mayk Tayson ESPN telekanali so‘rovnoma asosida tuzgan sportdagi eng “zolim” sportchilar reytingiga izoh berdi. Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini “Barselona” futbol klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares egallagandi. 2-o‘ringa ingliz futbolchisi Joui Barton qo‘yilgan, Tayson esa “bor-yo‘g‘i” 3-o‘ringa loyiq deb topilgan. Sobiq bokschi Kiyevda muxlislari bilan uchrashuvda ushbu reytingga aynan u boshchilik qilishi kerakligini ta'kidlab o‘tgan.
“Men uchinchiman? Unda kim birinchi? Suares? Men bu yigitni tanimayman. U ham tishlaganmi? U bu qilmishi uchun 3 mln dollar jarima to‘laganiga ishonchim komil emas. Bunday ro‘yxatni tuzganingizda, bilingki, birinchi o‘rinda men bo‘lishim kerak”, deb aytgan Tayson.
Olimpiya chempioni, ko‘p karra jahon chempioni va bir nechta jahon rekordlari sohibi Tayson sport faoliyatini 2005 yilda yakunlagan. U o‘zining tajovuzkor fe'li bilan ajralib turgan.
1997 yil iyulda “temir” Mayk va Evander Xolifild o‘rtasida mashhur jang bo‘lib o‘tgan. Jang vaqtida Tayson raqibining avval o‘ng qulog‘ini, so‘ngra chap qulog‘ini tishlab olgan.
Mavzuga oid
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
10:17 / 22.09.2024