Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi qurilish maydonchasida avtokran haydovchisi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi
2019 yil 12 iyul kuni soat 11:49da, Sergeli tumani, 8-sonli qurilish uchastkasida avtokran yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 12:00da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 12:34 da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in avtokran o‘qini (strela) yuqori kuchlanishdagi elektr simlarga tegishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin etilmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Elektr jarohati oqibatida avtokran haydovchisi vafot etgan.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlari, shuningdek fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘ragan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025