Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirobod tumanidagi yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi
2019 yil 12 iyul kuni soat 22:31da, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasida yangi qurilayotgan uyning tom qismida yog‘ochli qurilish havozalari 60 kv.m maydonda yongan.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 22:36da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 23:10da qurshab olinib, soat 23:38da bartaraf etilgan.
Yong‘in payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb, taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 8 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Bundan oldin, Toshkentdagi qurilish maydonchasida avtokran haydovchisi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025