Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnopark rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshida tashkil etilgan texnopark rahbari Otabek Ibragimov jurnalistlar uchun tashkil etilgan anjumanda texnopark rezidentlariga beriladigan imtiyozlar haqida ham gapirib o‘tdi.
2017 yil 30 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga asosan AT-Park rezidentlari 2028 yilning 1 yanvarigacha quyidagi soliqlardan ozod qilinadi:
- Yuridik shaxslardan olinadigan soliq;
- yagona ijtimoiy to‘lov;
- olib kiriladigan mahsulot va xizmatlar uchun bojxona to‘lovlari;
Shuningdek, rezidentlar faqatgina 7,5 foiz (amaldagi 12 foiz) miqdorida daromad solig‘i to‘lashadi hamda barcha ichki tranzaksiyalar va to‘lovlar AQSh dollarida amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Tadbir davomida texnopark tarkibidagi IT-Akademiyaga xususida so‘z bordi. Otabek Ibragimovning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda axborot kommunikatsiyalari bo‘yicha yetakchi kadrlar o‘qitiladi. Mutaxassislar tarkibi MDH davlatlari, Hindiston va mahalliy kompaniya vakillaridan iborat bo‘ladi. Ikkita xorij kompaniyasidan mutaxassislar jalb qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:09 / 27.03.2022
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi, hududiy boshqarmalarda ham o‘zgarishlar
18:22 / 29.06.2021
1 iyuldan tadbirkorlarga qanday imtiyozlar beriladi?
11:02 / 19.04.2021
OAVning «oyog‘iga kishan» bo‘lib turgan soliq yuki. Tahririyatlar hukumatdan soliq imtiyozlari kutishmoqda
13:49 / 01.08.2020