Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepa tumanida bir biriga zich qurilgan qo‘shni uylarda yong‘in kelib chiqdi
2019 yilning 28 iyul kuni soat 13:58da Toshkent shahar Uchtepa tumani, Bayroq 3-tor ko‘chasi 5a-uyning shifti va tomi 30 kv.m. maydonida yonib, yong‘inni tarqalishi oqibatida qo‘shni xonadonlarning tom qismi jami 120 kv.m. maydonida zarar ko‘rgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirish bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 14:03da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 14:20da qurshab olinib, soat 14:31da bartaraf etilgan.
Yong‘indan uylarning 590 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlab qolingan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025