Fotoreportaj: Navbatdagi test kuni qanday o‘tdi?
2019/2020 yilgi o‘quv yili O‘zbekiston davlat oliy ta'lim muassasalari uchun test imtihonlarini yangi tartibda o‘tkazish joriy etildi. Abituriyentlar 29 iyul kunidan boshlab hujjat topshirish vaqtida o‘zlari belgilagan hududda 2 smenaga bo‘lingan holda imtihon topshirishni boshlashdi.
Test javoblari esa, avval xabar berganimizdek, test bo‘lgan kunning ertasiga e'lon qilinishi ham yo‘lga qo‘yildi. Bunda har bir abituriyent o‘z javoblar varaqasini ham, nechta savolga to‘g‘ri javob bergani yoki bermaganini ham ko‘ra oladigan tarzda ma'lumotlar taqdim qilindi.
Kun.uz tahririyati Davlat test markazi bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab test jarayonlarining shaffofligini ta'minlash maqsadida imtihonlar o‘tkazilayotgan binolarga borib, test o‘tkazilishi, u yerlarda abituriyentlar va ota-onalar uchun barpo qilingan sharoitlar bilan tanishib bormoqda hamda jamoatchilik e'tiboriga havola etilyapti.
Xususan, Kun.uz muxbiri 2 avgust kuni Toshkentdagi «Yoshlik sport majmuasi» hamda «O‘zekspomarkaz»dagi pavilonlarda o‘tkazilgan test jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Ta'kidlash o‘rinliki, tashkilotchilar tomonidan puxta yo‘lga qo‘yilgan. Abituriyentlar IIBB va Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan test binosiga sinchkovlik bilan tekshirilgan holda o‘tkazilmoqda. Abituriyent qizlar maxsus xonada tekshirilyapti.
Bevosita binoga kiraverishda o‘rnatilgan kamera orqali abituriyent shaxsi Davlat personallashtirish markazi orqali tasdiqlab olinmoqda. Tasodifan, biror abituriyent tashqi ko‘rinishi vaqt o‘tishi bilan pasportdagi suratiga o‘xshamaydigan darajada o‘zgargan bo‘lsa, yoki qizlar pardoz-andoz sababli pasportdagi suratidan farq qilsa, barmoq izi orqali ularning shaxsiga oydinlik kiritilmoqda. Ta'kidlash o‘rinliki, bularning barchasi sanoqli daqiqalarda amalga oshirilyapti.
Ota-onalar uchun maxsus tashkil etilgan hududga yirik ekranlar o‘rnatilgan va har bir binodagi kameralar orqali test imtihoni jonli namoyish qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test natijalarini ushbu https://cabinet.dtm.uz/site/login havola orqali tekshirishlari mumkin.
Mavzuga oid
19:26 / 01.08.2023
Testda uxlab qolgan abituriyent, hayajonda kutayotgan ota-onalar - imtihonning ilk kuni qanday o‘tdi?
21:33 / 17.09.2020
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari qoldirildi
14:39 / 26.07.2020
«DTM o‘zgarmasa, foydasi yo‘q» - ta'limdagi ikki imtihon birlashtirilishi haqida ekspert bilan suhbat
15:53 / 23.07.2020