Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari qoldirildi
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari 18 sentabr kuni Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi sayilgohida bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Toshkent shahrida 18 sentabr kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganligi sababli test sinovlari 20 sentabr kuniga ko‘chirildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, test sinovlari faqat 1 smenada bo‘lib o‘tadi hamda soat 9.00 da boshlanadi.
Abituriyentlar test sinovlariga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari kerak.
Test sinovlariga kirish faqat bir joydan ("Beruniy" metro oldidan) amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
19:26 / 01.08.2023
Testda uxlab qolgan abituriyent, hayajonda kutayotgan ota-onalar - imtihonning ilk kuni qanday o‘tdi?
15:03 / 09.08.2019
Test natijalari bekor qilinarmish...
20:00 / 07.08.2019
Testning navbatdagi kuni: 80 yashar abituriyent, fosh qilingan «blutuslar»
16:51 / 03.08.2019