O‘zbekiston | 20:00 / 07.08.2019
80259
1 daqiqa o‘qiladi
Testning navbatdagi kuni: 80 yashar abituriyent, fosh qilingan «blutuslar»
7 avgust kuni Toshkent shahridagi «O‘zbekiston» sport majmuasida oliy o‘quv yurtlariga kirish davlat test imtihonining navbatdagi kuni bo‘lib o‘tdi. Unda 1940 yilda tavallud topgan abituriyent – Nikolay Staxanov ham imtihon topshirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan tashqari, ushbu binoda bo‘lib o‘tayotgan test imtihonlari vaqtida test topshirish qoidalarini buzgan 4 abituriyent imtihonlardan chetlashtirilgan. Xususan, ularning ikki nafarida mobil qurilmadan foydalanish uskunalari topilgan. Ikki abituriyent boshqa bir abituriyent o‘rniga kirishga uringan.
Quyidagi 7 avgust kungi test jarayonidan olingan fotosuratlar bilan tanishishingiz mumkin.
Mavzuga oid
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi
08:22 / 12.09.2023