O‘zbekiston | 18:20 / 15.08.2019
46367
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaliq shahriga yangi hokim tayinlandi

Foto: Kun.uz

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdan tashqari 39-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi mas'ul xodimi Shuhrat Mirxodiyev, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatov ishtirokida o‘tgan sessiyada shaharning yangi hokimi saylandi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, Usmon Ismoilovich Rahimov nomzodi Olmaliq shahri hokimi lavozimiga tavsiya qilindi va uning nomzodi bir ovozdan tasdiqlandi.

Foto: «Olmaliq hayoti»

Usmon Rahimov 2018 yilning yanvarigacha Toshkent viloyati hokimining Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, 2018 yilning 5 yanvaridan buyon Toshkent viloyatining ma'muriy markazi bo‘lmish Nurafshon (sobiq To‘ytepa) shahriga hokimlik qilib kelayotgandi.

Olmaliq shahrining avvalgi hokimi O‘ktamjon Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 iyuldagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Olmaliq shahri Angren, Bekobod, Chirchiq, Shirin va Zarafshon shaharlari qatorida respublika bo‘ysunuvidagi shahar bo‘lgandi.

Mavzuga oid