«Kamolon» mahallasidagi ikki qo‘shni uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 27 avgust kuni soat 14:50da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Kamolon” mahallasida joylashgan 118 va 120-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 14:56da yetib borgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 15:26da qurshab olingan va 15:35da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida Kamolon ko‘chasi 118-uyning 120 kv. metr maydonda va 120-uyning 180 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning 170 kv. metr maydonlari saqlab qolingan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi

17:05 / 08.04.2025
Chorsudagi beshik bozorida do‘konlardan biri yonib ketdi

10:51 / 08.04.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

09:52 / 05.04.2025