Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soxta diplomlar mojarosi: O‘zbekiston fuqarolari Finlyandiyadan ommaviy ravishda deportatsiya qilinmoqda
Finlyandiya Migratsiya xizmati - Migri joriy yilning bahor va yozida 139 nafar O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda Finlyandiyaning Yle nashri xabar bermoqda.
Avvalroq 140 nafarga yaqin o‘zbekistonlik mehnat muhojiri mamlakatdan chiqarib yuborilishi haqida ma'lum qilingandi.
Yle’ning migratsiya xizmati ma'lumotlariga asoslanib xabar berishicha, yaqin kunlarda yana 219 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, yana 258 nafar O‘zbekiston fuqarosiga mamlakatda ishlashga ruxsat berilmagan. Olti oy ichida 42 nafar o‘zbekistonlik Finlyandiyada ishlash huquqiga ega bo‘ldi.
Migratsiya xizmatining ma'lum qilishicha, qaror Finlyandiyada ish izlayotgan o‘zbekistonliklar soxta diplomlarni taqdim etgani aniqlanganidan keyin qabul qilingan. Finlyandiyada O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati qurilish ishlari bilan shug‘ullanganligi sababli, bu qurilish texnikumini tugatganligi to‘g‘risidagi diplomlardir.
«Qurilish texnikumini tamomlaganlik haqidagi birinchi soxta diplomlar xizmat tomonidan 2015 yilda aniqlangan. 2016 yilda bir nechta bo‘lgan bo‘lsa, 2017 yilda u yanada ko‘paydi, 2018 yildan esa yuzlab holatlar kuzatildi», - deyiladi ma'lumotda.
Xabarda qayd etilishicha, soxta diplomlarning sifati past bo‘lgan hamda «diplom bergan qurilish texnikumi» 26 yil oldin O‘zbekistonda o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Mavzuga oid
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
17:02 / 21.05.2025
Rossiyada migrantlarni mobil ilova orqali kuzatish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
15:21 / 20.05.2025
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
11:15 / 20.05.2025