Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liberiyadagi maktabda yong‘in yuz berishi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi
Liberiyadagi maktabda yuz bergan yong‘in oqibatida 26 o‘quvchi va 2 o‘qituvchi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat prezidenti ma'muriyatiga iqtibos keltirgan holda “Frans Press” axborot agentligi xabar berdi.
Voqea Liberiya poytaxti Monroviya yaqinida 18 sentyabrga o‘tar kechasi yuz bergan. Yong‘in sabablari hali ma'lum qilinmagan.
Mamlakat prezidenti Jorj Vea tvitterda o‘z hamdardligini bildirgan.
“Men o‘tgan kecha Peynsvilldagi maktab binosini qamrab olgan dahshatli yong‘inda halok bo‘lgan bolalar oilalari uchun duodaman. Bu halok bo‘lganlar oilalari va butun Liberiya uchun og‘ir damdir”, deb yozgan Jorj Vea.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025