Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ilk marta Tashkent Book Fest xalqaro kitob-ko‘rgazma yarmarkasi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Tashkent Book Fest xalqaro kitob ko‘rgazmasini tashkil etmoqda.
Ko‘rgazma 2-4 oktabr kunlari "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi. Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va o‘zbek adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladilar.
Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, mahorat darslari, treninglar va ko‘plab aksiya hamda kitob tanlovlari o‘tkaziladi.
Bildirilishicha, xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi — turli mamlakatlarning soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba va fikr almashish, malaka oshirish uchun ajoyib maydon bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi
12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi
10:29 / 06.02.2025