O‘zbekiston | 09:04 / 20.09.2019
38648
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda harbiylarga qo‘shimcha ta'til beriladigan bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

2019 yil 12 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi PQ–4447-sonli qarori qabul qilindi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, nizomning «Ta'tillar» bobiga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning har yilgi navbatdagi ta'tillariga qo‘shimcha tarzda, xizmat yillarining kalendar hisobiga ko‘ra:

10 (o‘n) yillik harbiy xizmatdan so‘ng – davomiyligi 5 (besh) sutkalik;

15 (o‘n besh) yillik harbiy xizmatdan so‘ng – davomiyligi 10 (o‘n) sutkalik;

20 (yigirma) yillik va undan ko‘p harbiy xizmatdan so‘ng – davomiyligi 15 (o‘n besh) sutkalik qo‘shimcha ta'til berilishi tartibi joriy etildi.

Bundan oldin, harbiy xizmatni o‘tashning yangilangan tartibi tasdiqlangani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid