Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salar shaharchasida quruq o‘t yonishi fojiali tugadi
2019 yilning 22 sentabr kuni soat 13:12da Toshkent viloyati Qibray tumani Salar shaharchasi Tinchlik mahallasida joylashgan Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli hududda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, yong‘inni bartaraf etishga bitta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linma voqea joyiga 12 daqiqada yetib borganda, ochiq maydonda quruq o‘t yonayotgani ma'lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilib, alanga maydoni kengayishi oldi olingan. Yong‘in oqibatida 60 kv. metr maydonda quruq o‘t yongan.
Ayanchlisi, yong‘inni bartaraf etish vaqtida 1944 yilda tug‘ilgan fuqaro B.A.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025