Jamiyat | 21:34 / 30.09.2019
8028
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilar 2 kilogrammga yaqin gashishni tanasiga bog‘lab olgan shaxsni qo‘lga olishdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Yaqinda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Andarxon” chegara bojxona postida yirik miqdordagi giyohvandlik moddasini noqonuniy olib o‘tishga urinish bilan bog‘liq holat fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mamlakatimizga kirib kelayotgan fuqaro Y.J. belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxs badaniga 1,96 kilogramm gashish giyohvandlik vositasini bog‘lab olgani fosh bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Mavzuga oid