Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denov tumani hokimligi Dahanadagi tutayotgan chiqindi poligoni haqida ma'lumot berdi
26 sentabr kuni Kun.uz saytida «Toza hudud» tutunidan aziyat chekayotgan Dahana» sarlavhali surishtiruv e'lon qilingandi. Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimligi Dahanadagi tutayotgan chiqindi poligoni haqida e'lon qilingan bu surishtiruvga munosabat bildirdi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Denov tumani hokimining 2017 yil 2 sentyabrdagi qarori bilan Sina QFY, Ko‘kabuloq mahallasi hududidan foydalanilmaydigan 5 gektar yer maydoni chiqindi poligoni qurilishi uchun «Toza hudud» DUK Denov tuman filialiga ajratilgan.
«Qattiq maishiy chiqindi poligoni»ni tashkil qilishda tuman hokimligi qoshidagi Yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasi, tuman DSENM, IIB YoXB, elektr tarmoqlari, gaz ta'minoti korxonalari, yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi va boshqa aloqador tashkilotlar bilan kelishilgan. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining davlat ekologik ekspertiza ijobiy xulosasi olingan.
«Qattiq maishiy chiqindi poligoni»ga tumanning 40 ta mahallasida joylashgan yuridik tashkilotlar hamda 123 781 nafar aholi tomonidan yig‘ilgan qattiq maishiy chiqindilar maxsus texnikalar yordamida olib kelinadi.
5 gektar yer maydoniga ega «Qattiq maishiy chiqindi poligoni» hududi beton g‘isht to‘siq devor bilan o‘rab olingan bo‘lib, shimol, sharq va g‘arb tomondan fermer xo‘jaliklari yaylov yer maydonlari, janub va janubi-sharqdan 600-620 metr oraliq masofada aholi yashash punktlari bilan chegaralangan («Qattiq maishiy chiqindi poligoni»ning sanitar himoya mintaqasi 500 metr etib belgilangan).
O‘rganish jarayonida «Qattiq maishiy chiqindi poligoni»da noma'lum sabablarga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lganligi aniqlandi. Hudud tartibga keltirilib, kelgusida yong‘in sodir bo‘lishining oldini olish, xavflilik darajasi 4 va 5-sinfga mansub chiqindilar qabul qilinishi va ularning atrof-muhit atmosfera havosiga ta'sir ko‘rsatmaslik choralari ko‘rildi»,— deyiladi bayonotda.
Bayonotda ilova qilingan surtda chiqindi poligoni tekislab tashlangani ko‘rinadi.


Mavzuga oid
11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi
11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi
11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi
23:07 / 02.04.2025