Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepadagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
2019 yilning 2 oktabr kuni soat 02:35da Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Cho‘ponota MFY, Foziltepa ko‘chasi 30-A-uyda joylashgan “Jasmin Kosmetik” MChJga qarashli sexda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Xabar asosida voqea joyiga to‘rtta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 5 daqiqada yetib borgan. Yong‘in soat 02:40da o‘rab olinib, 02:54da bartaraf etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan sexning 150 kv. metr maydoni saqlab qolingan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida sexning 80 kv.metr maydonda ichki va shift qismi yonib zararlangan. Yong‘inning taxminiy sababi, elektr qozonini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirilishi.
Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025