Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Madrimov kamarini himoya qildi
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,85) ringga ko‘tarilayotgan Isroil Madrimov navbatdagi jangida ham muddatdan avval g‘alaba qozondi.
Nyu-York shahridagi «Madison Square Garden» arenasida kechgan boks oqshomida Madrimov meksikalik tajribali raqib Alexandro Barreraga (29-6, 18 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 5 raundda nihoyasiga yetdi. Birinchi raundda ham nokdaun holatiga tushgan Barrera beshinchi raundda ham o‘zbekistonlik bokschining kuchli zarbalarini o‘tkazib yuborgach, referi texnik nokaut qayd etib, jangni muddatidan oldin to‘xtatdi.
Shu tariqa, professional faoliyatidagi to‘rtinchi jangida ham g‘alaba qozongan (barchasida nokaut bilan) Isroil Madrimov WBA Intercontinental chempionlik kamarini birinchi marta himoya qildi.
Mavzuga oid
01:04 / 23.02.2025
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi
17:39 / 09.12.2024
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
14:49 / 08.08.2024