Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda buxgalterning uyidan 250 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketishdi
Joriy yil 4 oktabr Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yashovchi, institutda buxgalter bo‘lib ishlovchi O.D.ning uyiga yuzlariga niqob taqqan ikki nafar notanish kishi bostirib kirgan, deb yozmoqda “Postda” nashri.
Ular pul va qimmatbaho narsalarni talab qilishgan. Bosqinchilar O.D. va uning 12 yoshli qizini qo‘rqitib, qo‘l-oyoqlarini mato bilan bog‘lashgan. So‘ngra yotoqxonadagi seyfdan 250 million 500 ming so‘m pul va 32 million so‘mlik 11 turdagi zargarlik buyumlarini olib, voqea joyidan yashirinishgan.
Jabrlanuvchining murojaatidan so‘ng mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bosqinchilar shaxsini aniqlash va jinoyatni fosh etish choralari ko‘rildi.
Ko‘p o‘tmay, jinoyatni sodir etganlarning shaxsi aniqlanib, qo‘lga olindi. Bosqinchilikni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha Jizzax shahrida yashovchi N.J., shaharning Amir Temur mahallasida yashovchi L. V. va Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan N. I. sodir etgan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025