Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors Asaka avtomobil zavodida yong‘in yuz bergani haqidagi ma'lumotni rad etdi
UzAuto Motors Asaka avtomobil zavodida yong‘in yuzaga kelgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda Andijon viloyatidagi Asaka avtomobil zavodida yong‘in yuzaga kelgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors kompaniyasi mazkur xabarlar yuzasidan bayonot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, bugun, 26 oktabr kuni, tungi soat 1:00larda Andijon shahri Soy ko‘chasida joylashgan “Andijonmash” korxonasi hududida joylashgan tekstil korxonasining tom qismida yong‘in yuz bergan.
“Yong‘in sabablari bizga ma'lum emas. Asaka avtomobil zavodi hududida hech qanday yong‘in yuz bermaganini rasman ma'lum qilamiz”, - deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025