O‘zbekiston | 10:30 / 29.10.2019
1327
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston - Shvetsiya ikkinchi biznes forumi o‘tkaziladi

Toshkent shahrida O‘zbekiston-Shvetsiya ikkinchi biznes forumi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatovning Shvetsiya Qirolligi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Ingrid Tersmann bilan uchrashuvida aytildi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Shvetsiya munosabatlari istiqbollari muhokama qilindi, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga o‘zaro qiziqish bildirildi.

Muloqotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini 2020 yilning birinchi choragida Toshkent shahrida o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, jumladan o‘zaro tashriflar tashkillashtirish va tajriba almashishning muhimligi qayd etildi.

Sanoatni rivojlantirish, korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha va boshqa davlat dasturlari doirasida Shvetsiya investitsiyalari va yuqori texnologiyalarini jalb qilgan holda o‘zaro tovar ayriboshlashni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish mexanizmlarining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur yo‘nalishda aloqalarni faollashtirish maqsadida 2020 yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston-Shvetsiya ikkinchi biznes forumini o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Suhbat chog‘ida xalqaro tashkilot va tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid