Jamiyat | 09:37 / 02.11.2019
32386
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda quruvchilarni tok urdi. Ikki yigit hayotdan ko‘z yumdi

Foto: AiF

Xorazm viloyati Hazorasp tumani Bog‘dor mahallasida joylashgan maktabgacha ta'lim muassasasi binosida ta'mirlash ishlarini olib borayotgan yollanma ishchilar xavfsizlik qoidalariga amal qilmagani uchun hayotdan ko‘z yumishdi.

«Postda» nashrining yozishicha, Xonqa tumani Katta kuch mahallasida  yashovchi uch yigit temirdan yasalgan havozani ko‘targan vaqtida tepadan elektr simi o‘tganini bir zumga unutishgan. 

Oqibatda, havoza elektr simiga tegib ketishi natijasida ularni elektr toki urgan. Yigitlardan ikkisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Yana biri shifoxonaga yotqizildi.

Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.

Mavzuga oid