Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asakadagi «O‘zDongVongKo» qo‘shma korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
2019 yilning 5 noyabr kuni soat 02:23da Andijon viloyati Asaka tumani Ulug‘bek MFY Saxiylik ko‘chasida joylashgan “O‘zDongVongKo” qo‘shma korxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 3 daqiqada yetib borgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 02:29da o‘rab olinib, 02:37da bartaraf etilgan. Yong‘indan korxonaning 150 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida korxonaning ovqat tayyorlash xonasi 20 kv. metr maydonda yonib zararlangan.
Yong‘inning taxminiy sababi - qozonda yog‘ni dog‘lash uchun qo‘yib, nazoratsiz qoldirilishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025