Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda zamonaviy gemodializ markazi tashkil etiladi
Namangan viloyati hokimligi hamda Avstriyaning “SC Global Trade GmbH” kompaniyasi o‘rtasida Namangan shahrida zamonaviy gemodializ markazi tashkil etish bo‘yicha investitsion kelishuv imzolandi.
Kelishuv 6 noyabr kuni viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda “SC Global Trade GmbH” kompaniyasi direktori Yuriy Chekalin tomonidan imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, Avstriya kompaniyasi Namangan shahrining “Dambog‘” mahallasida joylashgan eski endokrinologiya shifoxonasi bazasida zamonaviy gemodializ markazi tashkil etadi.
2021 yilda ishga tushishi rejalashtirilgan Markazda gemodializ usulida davolash, diagnostika va laboratoriya xizmatlari ko‘rsatiladi. Yangi gemodializ markazida tibbiyot xodimlari uchun 25 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025