Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda nazorat-o‘tkazish punktiga hujum oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Tailandning Yala viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktida sodir etilgan otishmada 15 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
“Ehtimol, bu isyonchilar ishi bo‘lsa kerak. Bu hujum oxirgi vaqtdagi eng yiriklaridan biridir”, deb aytgan xavfsizlik xizmati vakili.
Bosqinchilar ta'qibdan qochish uchun portlovchi qurilmalar qo‘llab, yo‘lga mixlar sochib ketgan.
Yala Tailandning aholisi katta qismini musulmonlar tashkil qiladigan uch viloyatidan biri hisoblanadi. U va yana ikki viloyat - Pattani va Naratxivat 1909 yilgacha Malay musulmon sultonligining bir qismi hisoblangan.
Ayirmachilik negizida sodir etiladigan hujumlarni kuzatib boruvchi Deep South Watch tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2004 yildan beri ushbu uch viloyatda g‘alayonlar oqibatida 7 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:57 / 02.05.2025
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
19:45 / 28.04.2025
Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi
17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:02 / 18.04.2025