Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin-Toshkent reysidagi samolyotda 5 kishining holati yomonlashgan - TIV
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 6 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:50da Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan (HY-502 reys) «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKga tegishli samolyotda yo‘lovchilar – O‘zbekiston fuqarolari A.S., M.M., D.A. hamda uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li – Rossiya fuqarolarining sog‘ligi holati yomonlashgan.
Xabarda aytilishicha, shu sababli samolyot Gansu provinsiyasining Lanchjou shahri aeroportiga favqulodda qo‘ngan. Ular samolyot qo‘nganidan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng shahar klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, 7 noyabr soat 5:41da samolyot Toshkentga uchib ketgan.
Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Bundan oldin, Pekin-Toshkent reysini bajargan samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
23:57 / 09.05.2025