O‘zbekiston | 12:13 / 14.11.2019
39978
2 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi

Foto: islomkarimov.uz

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i tayinlandi.

Hukumatning 2019 yil 13 noyabrdagi qarori bilan Asadjon Ozodbekovich Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi.

Asadjon Xo‘jayev 2011-2012 yillarda Intellektual mulk agentligi, 2012-2017 yillarda - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga rahbarlik qilgan.

U 2017 yil martidan avgustgacha prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati rahbari bo‘lib ishladi. Keyinchalik O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

A. Xo‘jayev 2018 yil avgust oyidan beri Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga ko‘maklashish markazi direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Mavzuga oid