O‘zbekiston | 13:15 / 30.11.2019
27779
2 daqiqa o‘qiladi

Senat 2020 yil uchun davlat budjetini ma'qulladi 

Foto: KUN.UZ

Oliy Majlis Senati “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ma'qulladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

2020 yil uchun Konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 2020 yilda 159 trln. so‘m yoki YaIMga nisbatan 24,3 foiz darajasida (2019 yilda – 146,7 trln. so‘m yoki YaIMga nisbatan 28 foiz) prognoz qilinmoqda.

Bevosita soliqlar bo‘yicha tushumlar 2020 yilda 40,7 trln. so‘mni (Davlat budjeti daromadlaridagi ulushi 31,7 foiz) tashkil qilgan holda 2019 yilga nisbatan 28 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. 

2020 yil uchun Davlat budjetining jami xarajatlari 131,1 trln. so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda.

Davlat budjeti xarajatlarini sohalar kesimida tahlil qilinadigan bo‘lsa, ijtimoiy soha xarajatlari 66 trln. so‘m tashkil etmoqda.

Investitsiya dasturi asosida ijtimoiy soha obektlariga qilinadigan kapital xarajatlarni (5,7 trln. so‘m) hisobga olgan holda ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablag‘lar ulushi 55 foizga yetadi va o‘tgan yilga nisbatan 24,2 foizga o‘sadi.

Гулзода Иброҳимова
Tayyorlagan Гулзода Иброҳимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid