Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
2019 yil 5 dekabr kuni soat 16:38da, Olmazor tumani, Zarqaynar 1-tor ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida 150 kv.m. maydonida teploizolyatsiya (penoplast) mahsulotlari yongan.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘indan yangi qurilayotgan binoga zarar yetkazilmagan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 16:44da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:54da qurshab olinib, soat 17:06da o‘chirilgan.
Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong‘in joyiga 16 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025