Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma'lumot berildi
2019 yil 4 dekabr kuni soat 22:45da, Yashnobod tumani, Birlashgan 2-tor ko‘chasi 10-uyning yashash xonalari va tom qismi 80 kv.m. maydonida yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.
Yong‘indan uyning 120 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 22:50da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 22:57da qurshab olinib, soat 23:22da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlaridan, shuningdek fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qolgan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025