Jahon | 10:13 / 06.12.2019
10241
2 daqiqa o‘qiladi

Krasnodarda o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar ushlandi

Foto: Videodan kadr

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi politsiyasi Krasnodardan chiqishda markaziy osiyolik noqonuniy migrantlar guruhini ushladi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligining Krasnodar o‘lkasi bosh boshqarmasida ma'lum qilindi. 

Politsiya xodimlari Rossiya orqali yaqin xorijiy davlatlardan biriga yo‘nalayotgan shubhali avtobusni tekshirish uchun to‘xtatishganda avtobusdagi 35 kishidan 22 nafari Rossiya hududiga noqonuniy ravishda kelgani aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, politsiya tomonidan tarqatilgan operativ videos'yomkada ushlangan noqonuniy migrantlarda O‘zbekiston fuqarosi pasporti bo‘lgani aks etgan. Avtobus esa davlat raqamiga ko‘ra Qozog‘istonda qayd qilingan.  

Ushlanganlarga nisbatan sud qaroriga ko‘ra 5 ming rubl jarima solingan va ular Rossiya hududidan chiqarib yuboriladilar.

Avtobusning 51 yoshli haydovchisiga qat'iyroq chora ko‘rilishi mumkin. Unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining “Noqonuniy migratsiyani tashkillashtirish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilishi masalasi ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid