Jamiyat | 14:48 / 09.12.2019
6628
2 daqiqa o‘qiladi

Sergeli tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 9 dekabr kuni soat 09:19da Toshkent shahri Sergeli tumani Nilufar 3-tor ko‘chasida joylashgan “Green trade expor” MChJga qarashli metall mahsulotlari ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 4ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 09:25da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 09:34da qurshab olinib, soat 09:38da to‘liq bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida metall mahsulotlari ishlab chiqarish sexining 60 kv. metr maydoni yongan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. 

Yong‘inning taxminiy sababi - payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Mavzuga oid